Ijtimoiy tarmoqlarda ATTO transport kartalarini go‘yoki o‘yin orqali yutib olish mumkinligi haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Transport vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
"Hurmatli fuqarolar bu kabi maʼlumotlar haqiqatga mos kelmaydi. Fuqarolardan bu kabi yolg‘on maʼlumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiriladi.
Transport kartalarini buyurtma qilish yoki chegirma bilan sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi shubhali havolalarga aslo kirmang", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, barcha rasmiy yangiliklar va takliflar faqatgina “ATTO” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilinadi.
Agar sizda savollar tug‘ilsa yoki shubhali faollikni sezsangiz, iltimos, ATTO mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.
Call-center: (78) 140-08-08.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты