Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zalida Ganemulla Sanjiva nomi bilan tanilgan jinoiy guruh yetakchisi Sanjiv Kumara Samararatne otib tashlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qotil o‘zini advokat sifatida tanitib, sud binosiga kirgan. Jinoyat quroli sifatida u to‘pponcha ishlatgan. Qurolni 25 yoshli qiz tekshiruvlardan olib o‘tgan — uni sahifalari kesib olingan kitob ichiga yashirgan.
Hujumchi qochishga urindi, ammo ushlandi. Uning sherigi bo‘lgan qiz esa hamon qidiruvda. Politsiya u haqdagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qildi.
Sanjiva bir nechta qotillikda gumonlanib, 2023 yil sentabrdan beri qamoqda saqlanayotgandi. O‘tgan hafta u sudga olib kelingan, so‘ngra hujumga uchragach, shifoxonaga yetkazilgan, u yerda Sanjiva vafot etdi.
Voqeadan so‘ng parlamentda sudlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. O‘ta xavfli gumonlanuvchilar uchun qurolli soqchilar tashkil etish masalasi ko‘tarildi.
Hodisa rasmiylarning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish haqidagi va’dalari fonida sodir bo‘ldi. 2024 yilda Shri-Lankada kamida to‘qqizta qotillik jinoyati qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22416 | Инструменты