Huawei 1
Isroil hujumidan so‘ng G‘azodagi vayronalar ostidan 60 ga yaqin jasad topildi

Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan so‘ng G‘azo shahri sharqidagi Shujayya hududida 60 dan ortiq jasad topildi, deya xabar bermoqda Falastin WAFA agentligi tibbiy manbalarga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, qutqaruvchilar va shifokorlar Shujayyada halok bo‘lganlarning 60 dan ortiq jasadini topib oldi, o‘nlab kishilar vayronalar ostida. Isroil harbiylari hududda ikki haftaga yaqin bo‘lgani xabar qilingan.

Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Isroil armiyasining harakatlari natijasida Shujayyadagi turar-joy binolarining 85 foizdan ortig‘i vayron bo‘lgan.

2023-yil 7-oktabrda Isroil G‘azo sektoridan misli ko‘rilmagan raketa hujumiga uchradi. Shundan so‘ng Falastinning HAMAS harakati jangarilari chegara hududlariga kirib, harbiylar va tinch aholiga qarata o‘t ochgan va 200 dan ortiq kishini garovga olgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 1,2 mingga yaqin odam halok boʻlgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12606 | Инструменты