Livan poytaxti Bayrutga uyushtirilgan havo hujumi natijasida «Hizbulloh» harakatida Erondan qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Suhayl Husayn Husayniy halok bo‘ldi, deb xabar berdi Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL). «Husayniy Eron va «Hizbulloh» o‘rtasida qurol-yarog‘ o‘tkazilishida hal qiluvchi rol o‘ynagan va «Hizbulloh» bo‘linmalari o‘rtasida zamonaviy qurol-yarog‘larning taqsimlanishiga mas’ul bo‘lgan, qurol-yarog‘ tashilishi va tarqatilishini nazorat qilgan», — deyiladi TsAHAL 8 oktyabr, seshanba kuni bergan bayonotida.
Isroil armiyasiga ko‘ra, Husayniy «Hizbulloh»ning eng muhim loyihalarida budjet va logistika uchun mas’ul bo‘lgan, jumladan, Livan va Suriyadan Isroil davlatiga qarshi hujumlarni muvofiqlashtirishda».
«Hizbulloh» rahbariyatining yo‘q qilinishi
Sentyabr oyi o‘rtalarida Livanda «Hizbulloh» tezkor aloqa uchun foydalanadigan peyjyer va ratsiyalarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. 27 sentabr kuni kechqurun Isroil armiyasi Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan «Hizbulloh» shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirdi, natijada harakat rahbari, «Hizbulloh»ga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.
Nasrulloh bilan birga uning qizi Zaynab, harakatning bir qator yuqori martabali a’zolari, shuningdek, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) general-mayori Abbos Nilforushan o‘ldirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты