Huawei 1
Isroil o‘z suverenitetini G‘arbiy sohilgacha uzaytirishni taklif qildi

Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish haqidagi qaroriga javoban Isroil suverenitetini G‘arbiy sohilgacha uzaytirish taklif qilindi. Mazkur taklifni Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ilgari surdi.

“Ushbu hibsga olish orderlariga javoban Yahudiya va Samariyaning (G‘arbiy sohil) butun hududiga suverenitetni kengaytirish, G‘arbiy sohildagi Falastin milliy ma’muriyati bilan aloqalarni uzish, shuningdek, sanksiyalar qo‘llash lozim”, deb yozdi Ben-Gvir Telegram’dagi kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112218 | Инструменты