O'zbekistonda bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqaradi
2024 yil prognoz ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda, keyingi yilda davlat budjeti tushumlarida OKMKning ulushi 5,8 foizdan 5,2 foizga, “O‘zbekneftgaz”ning ulushi 2,5 foizdan 1,5 foizga, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ulushi 0,4 foizdan 0,2 foizgacha, Uz-Kor Gas Chemical MChJning ulushi 0,3 foizdan 0,1 foizga pasayishi kutilmoqda.
Toshkentda 4 mln donadan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
Maʼlum qilinishicha, shu kunga qadar, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar hamda bojxona nazorati jarayonida jami 77 ta holatda qiymati salkam 1 mlrd so‘mlik, miqdori 7 mln 390 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolingan.
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Qonun bilan ayrim kodekslarga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo‘q qilish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
O‘zbekistonda hayvonot va o‘simlik dunyosi muhofazasi kuchaytiriladi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
"Vatandosh kartasi"ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi
"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag'batlantirish shakli bo'lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do'stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Toshkent metrosi uchun 2025-yili 26 ta poyezd xarid qilinishi rejalashtirilmoqda
So‘nggi 7 yilda Toshkent metropolitenida bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetdi. 2025-yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi
Oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi.
Gʻayrat Fozilov O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi etib tayinlandi
U Tashqi ishlar vazirligining Protokol va qabul qiluvchi mamlakat bilan aloqalar departamenti direktori Xansu Akerbumga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
Yil boshidan buyon qimmatbaho metall eksporti hajmi 6,6 mlrd dollardan oshdi.
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112222 | Инструменты