26 fevral, chorshanbaga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya hududiga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi xabar qilib, hujumlar mamlakat janubidagi harbiy nishonlarga, jumladan, jangchilar shtab-kvartirasi va qurol-yarog‘ omborlariga qarshi qaratilganini ko‘rsatdi.
«(Isroil) harbiy-havo kuchlari Suriya janubini tinchlantirish bo‘yicha biz belgilagan yangi siyosat doirasida Suriya janubiga kuchli zarbalar bermoqda – va bu xabar aniq: biz Suriya janubining Livan janubiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz», — dedi Isroil mudofaa vaziri Israelya Katsning matbuot kotibi.
«Suriya rejimi kuchlari va mamlakatdagi terrorchi tashkilotlarning Suriya janubidagi xavfsizlik zonasida o‘z prozitsiyasini o‘rnatishga bo‘lgan har qanday urinishi olov bilan kutib olinadi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Reuters agentligining mahalliy aholi, xavfsizlik manbalari va mahalliy Suriya telekanaliga tayanib xabar berishicha, 26 fevralga o‘tar kechasi Isroil mamlakat poytaxti Damashqdan 20 km janubda joylashgan Kisve shahriga, shuningdek, Suriya janubidagi Dara viloyatiga hujum qilgan. Mahalliy aholiga tayanib, Reuters axborot agentligining xabar berishicha, shahar ustidan uchayotgan samolyotlar va bir necha portlashlar Damashqning o‘zida ham eshitilgan.
Isroil qo‘shinlarining Suriyaga kiritilishi
Qayd etilishicha, Suriya avvalroq Isroil mudofaa kuchlarining (TSAHAL) mamlakat janubiga kirishini qoralagan va bu qo‘shinlarni olib chiqib ketishni talab qilgan. 2024 yil dekabrida, Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng, Isroil quruqlikdagi kuchlari 1973 yildagi urushdan keyin birinchi marta qurolsizlantirilgan chegara zonasini kesib o‘tib, Suriya hududiga ochiq kirdi.
23 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning mamlakati Asadni ag‘dargan «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) guruhi va unga aloqador har qanday kuchlarning Suriya janubida bo‘lishiga toqat qilmasligini aytdi va hududni qurolsizlantirishni talab qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22619 | Инструменты