Huawei 1
Isroil Suriyaga havodan zarbalar berdi

Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning Hama va Tartus viloyatlaridagi bir qancha harbiy obyektlarga 15 marta havo hujumi uyushtirganini Suriya rejimiga yaqin ijtimoiy tarmoqlar da’vo qilmoqda.

Hama viloyatining Misyaf hududidagi Harbiy tadqiqot markazi va Tartusdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlarga aloqador harbiy obyektlar havo hujumida nishonga olingan.

Suriyaning SANA agentligi ham Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlari hujumlarni qaytarganini xabar qildi.

Hozircha bu masala bo'yicha Isroildan hech qanday rasmiy izoh berilmagan.

2011-yilda fuqarolar urushi boshlanganidan beri Isroil muntazam ravishda Eron va Suriya armiyasiga aloqador harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirib keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91708 | Инструменты