Huawei 1
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi

AQSH Senatida 20-noyabr kuni Isroilga qurol sotishni to‘xtatish bo‘yicha ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Tashabbuskorlardan biri demokratlardan senator Berni Sanders hisoblanadi. U Isroilni Qo‘shma Shtatlar tomonidan yetkazib berilgan bombalarni tinch aholiga qarshi qo‘llashda ayblagan.

“Urush deyarli butunlay AQSH qurollari va Amerika soliq to‘lovchilarining 18 milliard dollar mablag‘lari hisobiga olib borildi. Isroil AQSH tomonidan taqdim etilgan 2000 funtli (907 kilogramm) bombalarni odamlar gavjum mahallalarga tashladi, bir hovuch HAMAS jangchilarini yo‘q qilish uchun yuzlab tinch aholini o‘ldirdi va jangchilarni oddiy insonlardan farqlash uchun kam harakat qildi”, degan Sanders o‘z bayonotida.

Biroq har ikki partiyaning yahudiy davlatiga nisbatan kuchli xayrixohligi sabab rezolyutsiyalar qabul qilinishi dargumon, deb yozmoqda Reuters. Lekin tarafdorlar mazkur tashabbus Bayden administratsiyasi va Isroil hukumatini G‘azodagi tinch aholini himoya qilish uchun ko‘proq choralar ko‘rishga undaydi, degan umidda.

Demokrat senatorlar Jeff Merkli, Piter Uelch va Brayan Schat hamkorligida taqdim qilingan rezolyutsiyalarning ikkitasi minomyot snaryadlari va JDAM aviabombalari sotuvini bloklaydi. Uchinchisi esa Merkava tanklari uchun o‘q-dorilar yetkazib berishni cheklaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111918 | Инструменты