Huawei 1
Istanbulda 6 qavatli bino qulab tushdi

Turkiyaning Istanbul shahrida 6 qavatli bino qulab tushdi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.

Qayd etilishicha, hodisa payti bino demontaj qilishga tayyorlanayotgan edi.

Vayronalar ostida qancha odam borligi hozircha nomaʼlum. Voqea sodir bo‘lgan joy o‘rab olingan, qidiryv ishlariga kinologlar jalb qilingan. 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bino vayronkor zilziladan keyin xavfli deb topilgan, uning strukturasining barqarorligi shubha ostida edi. Ko‘plab ekspertizalardan so‘ng uni buzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121518 | Инструменты