Huawei 1
Italiyada Etna va Stromboli vulqonlari harakatga keldi

Italiyada 5-iyul kuni Etna va Stromboli vulqonlari harakatga kelgan. Bu haqda Rim mahalliy nashrlariga asoslanib, Reuters maʼlumot berdi.

Etna va undan kichikroq bo‘lgan Stromboli tog‘larida vulqon krateri harakatga kelishi oqibatida Sitsiliya orolining katta qismi kul bilan qoplangan. Krater atrofiga lava otilishi boshlangan. Vulqonga yaqin hududlarda havo sifati nihoyatda yomonlashgan.

Etna vulqoni yaqinida joylashgan Kataniya aeroporti vaqtincha yopildi. Vulqon otilishi ortidan havoga ko‘tarilgan qizg‘ish tutun yaqin atrofni to‘sib qo‘ygan. Shimoliy Sitsiliya sohilidagi Stromboli vulqoni otilishi oqibatida esa dengizga katta miqdorda lava oqib ketgan.

“Kataniya aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagi vulqon kuli tushishi sababli parvozlar uchun yopilgan. Qo‘nish ham, uchish ham to‘xtatildi”, deyiladi aeroport bayonotida.

Italiya fuqaro muhofazasi vaziri Nello Musumechi ikkala hodisa ham nazorat ostida ekanini bildirgan. Vaziyat ustidan nazorat yo‘qotilgan taqdirda aholini favqulodda evakuatsiya qilish rejalashtirilayotgani xabar berildi.

Sitsiliya orolida o‘t o‘chiruvchilar soni ikki baravar oshirilgan. Sitsiliyaning sharqiy qirg‘og‘idagi Kataniya atrofida ko‘chalar va avtomobillar vulqon kuliga botgan, aholi va rasmiylar shaharni tozalash uchun harakat boshlashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100511 | Инструменты