Huawei 1
Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy qilgani uchun sudda kechirim so‘radi

Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol Konstitutsiyaviy suddagi impichment bo‘yicha sud majlisida harbiy holat joriy qilgani uchun fuqarolardan uzr so‘radi.

U bu bilan «chalkashlik va noqulaylik» keltirib chiqarganini tan oldi. Shu bilan birga, davlat rahbari «xalqni qurol bilan bostirishni» emas, balki siyosiy inqiroz haqida aholini xabardor qilishni xohlaganini ta’kidladi.

«Men minnatdorchilik tuyg‘ulariga to‘lib-toshdim, lekin xalq menga bu vazifani ishonib topshirgan bo‘lsa ham, ishlay olmayotganim uchun og‘riq va qayg‘uni his qilyapman», dedi Yun Sok Yol sudda.

«Ammo 3 dekabrdagi harbiy holat avvalgi pretsedentlardan butunlay farq qiladi. Bu harbiy holat xalqni qurol bilan bostirish uchun mo‘ljallanmagan. Bu xalqqa ogohlik qo‘ng‘irog‘i edi», deb qo‘shimcha qildi u.

25 fevral kuni Konstitutsiyaviy sudning yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, u parlamentning Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish haqidagi qarorini ma’qullashi yoki uni o‘z lavozimiga qayta tiklashi kerak. Sud hukmi mart oyi o‘rtalarida e’lon qilinishi kutilmoqda. Bahs chog‘ida himoya tomoni parlamentni nazorat qiluvchi muxolifat harakati prezidentni harbiy holat joriy etishga majbur qilganini ta’kidladi. Ayblov tomoni davlat rahbari o‘z qarori haqida parlamentni xabardor qilmagani bilan qonunni buzganini da’vo qilmoqda.

Yun Sok Yol 2024 yil 3 dekabrda harbiy holat e’lon qildi va bunda «Shimoliy koreyaparast» muxolifatning konstitutsiyaviy tuzumni buzishga urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini sabab qilib ko‘rsatdi. Harbiy holat parlament unga qarshi ovoz bergach, 6 soatdan keyin bekor qilindi. Yun Sok Yol isyonda ayblanib, tergov qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22615 | Инструменты