Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 2,3 million nafardan ortiq ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilmoqda.
Agar o‘sish tendensiyalari shunday davom etsa, 2050 yilga borib, bu kasallikka chalinganlar soni 38 foizga, o‘lim darajasi esa 68 foizga oshishi mumkin.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, bu xastaklikning ko‘payishi qator omillar bilan bog‘liq. Yosh ko‘rsatkichlari va genetik faktorlar shular orasida yetakchilik qiladi.
Shuningdek, nosog‘lom turmush tarzi, xususan, spirtli ichimliklar isteʼmoli, kamharakatlik va ortiqcha vazn ham kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Tadqiqotchilar fikricha, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish orqali xastalikka chalinish ko‘rsatkichini qariyb 25 foizga kamaytirish mumkin.
Qolaversa, dunyo bo‘yicha 29 ta mamlakatda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim darajasi sezilarli darajada kamaygan. Bu — erta bosqichdagi skrining dasturlari va davolanish samaradorligi oshgani bilan izohlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30415 | Инструменты