Huawei 1
JSST bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini qonunan cheklashga chaqirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) voyaga yetmaganlarning smartfonlardan foydalanishini tartibga soluvchi qonunchilikni talab qilmoqda. 

JSST Sog‘liqni saqlash tizimlari va siyosati bo‘yicha Yevropa direktori Natasha Assopardi-Muskat so‘zlariga ko‘ra, o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar bolalarning ruhiy salomatligiga salbiy taʼsiri kuchayib bormoqda. Uning fikricha, yosh cheklovlarini joriy etish, narxlarni nazorat qilish va smartfonlardan foydalanish taqiqlangan hududlarni tashkil qilish kerak.

Assopardi-Muskatning fikricha, bolalar "raqamli dunyoni nazorat qilishi va raqamli dunyo ularni boshqarishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun savodli va malakali bo‘lishi kerak|.

JSST tomonidan o‘tgan oyda eʼlon qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har 10 nafar yevropalik o‘smirdan biri raqamli qaramlikka ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты