Huawei 1
Reuters: 2024-yilda Nobel tinchlik mukofoti hech kimga topshirilmasligi mumkin

2024-yilgi Nobel tinchlik mukofotiga 286 nomzod qo‘yilgan, ular orasida, jumladan, BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Rim papasi Fransisk, britan tabiatshunosi Devid Attenboro bor.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, g‘oliblikka daʼvogarlar orasida BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi, BMT Xalqaro sudi va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bor.

Bukmekerlik idoralari qamoqda vafot etgan rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ham shular qatoriga qo‘shishmoqda. Biroq, Reuters agentligiga ko‘ra, Navalniy Nobel olmaydi, chunki bu mukofot vafot etganlarga berilmaydi, Zelenskiy esa urushayotgan mamlakatni boshqarayotgani uchun mukofotdan quruq qoladi.

Norvegidagi Nobel tinchlik mukofoti qo‘mitasi 2024-yilda mukofotni hech kimga bermaslikka qaror qilishi ham mumkin. Chunki tarixda bunday holat 19 marta takrorlangan, oxirgisi 1972-yilda bo‘lgan edi.

"Balki aynan bu yil Nobel tinchlik mukofoti qo‘mitasi mukofotni topshirmay, eʼtiborni urushayotgan sayyoraga qaratishi lozimdir", — dedi Stokgolm xalqaro tinchlik instituti rahbari Den Smit.

2024-yilgi Nobel mukofoti laureatlari nomlari 7-oktyabrdan 14-oktyabrga qadar eʼlon qilib boriladi. Norvegiyadagi Nobel qo‘mitasi esa o‘z qarorini 11-oktyabr kuni eʼlon qiladi. 2023 -ilda Nobel tinchlik mukofoti eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiyga topshirilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты