Huawei 1
JSST: Kelgusi 25 yilda 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

Haddan ortiq baland tovush quloqni qomatga keltirishi maʼlum. Xuddi shunday, musiqa tinglashda ham meʼyoriy detsibel ko‘rsatkichlari mavjud.

Ammo ko‘pchilik yoshlar bu tavsiyalarga deyarli amal qilayotgani yo‘q. Shu tufayli hozir sayyoramiz bo‘yicha 1 milliard nafardan ziyod yigit-qizlar eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida.

Xususan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili B.Berdiklichev bayonotiga ko‘ra, 2050 yilga borib, 2,5 milliard nafarga yaqin yoshlar maʼlum darajada eshitish qobiliyatidan aziyat chekishi mumkin.

Shuningdek, yana 700 million kishi reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lishi prognoz qilinyapti.

JSST vakilining fikricha, eshitish qobiliyati buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarning 60 foizdan ortig‘ini birlamchi bosqichda davolash imkoniyati bor. Eng samarali chora esa xastalikning oldini olishdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30617 | Инструменты