Huawei 1
Kim Chen In KXDR mudofaa vazirini o‘zgartirdi

Shimoliy Koreya yangi mudofaa vaziri etib No Kvang Chol tayinlandi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA) ma’lum qildi.

KXDR Oliy xalq majlisining 14-chaqiriq 11-sessiyasida hukumatda boshqa kadrlar o‘zgarishlari ham amalga oshirildi. Jumladan, qurilish ustidan davlat nazorati vaziri lavozimiga Li Man Su, Fan va texnika bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib esa Kim Son Bin tayinlandi. Bungacha Shimoliy Koreya mudofaa idorasi rahbari Kan Sun Nam edi.

8-oktyabr kuni KXDR rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreya kuchli yadro qudratiga ega harbiy superderjava qurilishini jadallashtirishi haqida bayonot berdi. U Koreya yarim orolida strategik muvozanatning buzilishi urushga olib kelishini aytdi. Shu bois Pxenyan siyosati raqibni tiyib turish va mintaqadagi vaziyatni nazorat qilish imkonini beradigan qurolga ega bo‘lishga qaratilganini bildirdi.

4-oktyabr kuni Kim Chen In KXDR tashqi hujumga uchragan taqdirda o‘z suverenitetini himoya qilish uchun barcha mavjud kuchlardan foydalanishini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты