Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va uning hamkorlari Kongo Demokratik Respublikasining (KDR) Goma shahridagi janglarda qurbon bo‘lganlar sonini aniqladi. Unga ko'ra, 26 yanvardan 30 yanvargacha 700 kishi halok bo'ldi, 2,8 ming kishi jarohat oldi.
Yo‘qotishlar haqida BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, halok bo'lganlar va yaradorlar soni ortib bormoqda.
O'tgan hafta KDRdagi vaziyat yomonlashdi. Hukumat qo'shinlari va Ruanda tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan M23 Harakati isyonchilari o'rtasida qurolli to'qnashuvlar yuz berdi. Qo'zg'olonchilar 2 million aholiga ega Goma shahrini egallashga muvaffaq bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20114 | Инструменты