Huawei 1
Ukraina Niderlandiyadan F-16 qiruvchilarining yana bir partiyasini kutmoqda

Ukraina Niderlandiya 2025 yilda to‘rtinchi avlod F-16 ko‘p maqsadli yengil qiruvchi samolyotlarining yana bir partiyasini yetkazib berishini kutmoqda. Bu haqda 31 yanvar, juma kuni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Facebookʼda ma’lum qildi. U Haagada niderlandiyalik hamkasbi Ruben Brekelmans bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchuvchilar – muhandis-texnik xodimlarni tayyorlashni davom ettirmoqdamiz. Niderlandiya aviatsiya infratuzilmamiz va imkoniyatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlab, havo kuchlari koalitsiyasida muhim rol o‘ynaydi, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.

Ikkinchi ustuvorlik — dronlar

Kiyev uchun F-16 dasturidan keyin ikkinchi ustuvor vazifa dronlarni olishdir. 

«Biz avvalroq e’lon qilingan 400 million yevroni taqsimlashni, shuningdek, uzoq masofali imkoniyatlar bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni tayyorlashni muvofiqlashtirdik», — deya qo‘shimcha qildi ukrainalik vazir.

Shuningdek, kun tartibida artilleriya o‘q-dorilari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va to‘xtatuvchi raketalar bor. Kiyev Niderlandiya bilan qo‘shma mudofaa korxonalarini rivojlantirishga ham tayyor. 

«Biz yordam olish, undan jang maydonida samarali foydalanish va operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalarni sinxronlashtirdik», — deya xulosa qildi Umerov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20116 | Инструменты