Vladimir Putin Kremlda Robert Fiko bilan uchrashdi. Bu siyosatchilarning sakkiz yil ichida birinchi shaxsiy muzokaralari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko bilan uchrashdi. Bu haqda 22-dekabr, yakshanba kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Robert Fiko amaliy tashrif bilan Moskvada”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati tarqatgan kadrlarda siyosatchilarning qo‘l berib ko‘rishayotgani aks etgan.
TASS agentligi eslatganidek, bu Putin va Fikoning 2016 yildan beri birinchi shaxsiy uchrashuvidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122317 | Инструменты