Huawei 2
“Krokus” qurbonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatiladi

"Crocus Croup" kompaniyasi rahbari Aras Agalarovning o‘g‘li Emin "Krokus Siti Holl" restavratsiyasi vaqtida, terakt qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatilishiga va’da berdi. U bu haqda 25-mart kuni RBK telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Zal ichida yoki tashqarisida, albatta, yodgorlik o‘rnatiladi. Tabiiyki, biz bu variantni ko‘rib chiqyapmiz", degan Agalarov.

Biroq, kompaniya ayni vaqtda boshqa ishlar bilan band. Muslim Magomayev jamg‘armasi ko‘magida jabrlanganlarga  yordam berish, qutqaruvchilar ko‘magida vayronalarni tozalash kabi vazifalarni bajarmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga