Huawei 2
Litva parlamenti maktabdan so'ng darhol armiyaga chaqirishni tasdiqladi

Litva parlamenti 13-may, payshanba kuni harbiy xizmatni isloh qilish bo‘yicha qonunlar to‘plamini ma’qulladi. Tegishli hujjat mamlakat parlamenti saytida e'lon qilindi. Qabul qilingan o‘zgartishlarga ko‘ra, yoshlar maktabdan so‘ng darhol — 17 yoshdan boshlab harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Qonun loyihasiga 85 deputat ovoz berdi, 3 nafari qarshi chiqdi, 14 nafari esa betaraf qoldi.

O‘zgartirishlar kuchga kirgandan so‘ng, Litva maktablarining 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan bitiruvchilari 9 oy davomida majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatni o‘tashdan oldin yigitlar oliy o‘quv yurtlariga kira olmaydi. Shu bilan birga, "Litva armiyasida yetishmayotgan kasblarni" olgan universitet bitiruvchilari faqat uch oyga chaqiriladi.

“Litvaning NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi, geosiyosiy vaziyat va davlat xavfsizligiga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarni inobatga olgan holda yaratilgan milliy mudofaani yetarli darajada taʼminlash va harbiy xizmatni huquqiy tartibga solish maqsadida parlament harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririni tasdiqladi”, deyiladi press-relizda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga