Huawei 1
Maduro Ilon Maskni Venesueladagi davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro amerikalik tadbirkor Ilon Mask prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishni moliyalashtirish uchun kamida 1 milliard dollar sarflaganini da‘vo qilmoqda. Venesuelada prezidentlik saylovlari 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi va va unda Maduro g‘alaba qozondi, bu uning ketma-ket uchinchi muddatda saylanishi bo'ldi.

Venesuela prezidentining aytishicha, "o‘ta o‘ng muxolifat" mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda. U davlat to‘ntarishiga urinish ortida Qo‘shma Shtatlar va “Shimoliy Amerika imperiyasining doimiy fitnasi” turganiga ishonadi. Aytilishicha, Maskdan olingan moliyaviy resurslar muxolifat yetakchilaridan biri Mariya Korina Machado tomonidan taqsimlangan.

"Mask mag'lub bo'ldi", deydi Maduro. Uning qo‘shimcha qilishicha, Venesuelada “qonunlar, haqiqat, davlatchilik, tartib va tinchlik hukm surgan”.

Rasmiylarga ko‘ra, saylov yakunida Nikolas Maduro 51,95 foiz ovoz olgan. 2013-yildan buyon prezident lavozimida ishlab kelmoqda. Lotin Amerikasi davlatlari saylov natijalarini tan olmadi; Karakasda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, 1 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Venesuela Mudofaa vazirligi rahbari Padrino Lopes muxolifatni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101605 | Инструменты