Huawei 1
Energetika obyektlari koʻrikdan oʻtkazilganda texnik ekspluatatsiya qoida talablariga zid holatlar aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Kosonsoy tumanidagi mukammal taʼmirlangan transformator punktlari va elektr uzatish havo tarmoqlarini koʻrikdan oʻtkazilganda texnik ekspluatatsiya qoidalari talablariga zid holatlar aniqlandi.

Xususan, “Olmazor” MFY hududidagi 10 kV elektr tarmogʻini koʻrilganda singan izolyatorlar almashtirilmaganligi, qiyshaygan tayanch va traverslar toʻgʻrilanmaganligi va podstansiyadan chiqish kabeli mexanik shikastlanishdan himoyalanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Soycha” MFYdagi 455 va 123-sonli transformator punktlarida fazalararo yuklamani teng taqsimlash ishlari bajarilmaganligi,  0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarida singan izolyatorlar almashtirilmagan hamda simlar tortilmaganligi aniqlandi.

Bu kabi holatlar “A.Navoiy” MFY 391-sonli va “S.Sheroziy” MFY hududidagi 566-sonli transformator punktlarida ham mavjud.

Yuqoridagi kamchililarni bartaraf etish boʻyicha elektr ta’minoti korxonalari mas’ullariga koʻrsatmalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etilishi nazoratga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30101 | Инструменты