Huawei 1
IV Milliy mehmondo‘stlik mukofoti g‘oliblari taqdirlandi

26 fevral kuni «HOTEL BUSINESS FORUM-2025» xalqaro forumi doirasida «IV O‘zbekiston Milliy mehmondo‘stlik mukofoti» taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimi 2021 yildan buyon O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tashabbusi va Turizm qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda. Tanlov mamlakatning turistik jozibadorligini, turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

Bu yil O‘zbekistonning barcha hududidan mehmonxonalar va turar joy ob’yektlari tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Ishtirokchilar geografiyasi Toshkentdan Nukusgacha kengaytirildi, 310 ta ariza kelib tushdi. G‘oliblar «Eng yaxshi kichik mehmonxona», «Eng yaxshi mehmonxona nonushtasi», «Yil kashfiyoti» kabi jami 37 nominatsiya bo‘yicha 44 g‘olib aniqlandi.

Eng yaxshi eko mehmonxona - WYNDHAM GARDEN ZOMIN

Madaniy meros ob’yektida joylashgan eng yaxshi mehmonxona - ZARAFSHON BOUTIQUE HOTEL

Imkoniyati cheklangan insonlar uchun eng yaxshi mehmonxona kontsepsiyasi - WYNDHAM BUKHARA

Toshkentdagi eng yaxshi kichik mehmonxona - PRAGA HOTEL

Mintaqadagi eng yaxshi kichik mehmonxona - KHIVA RESIDENCE HOTEL

Mintaqadagi eng yaxshi biznes mehmonxona - Farovon Xiva mehmonxonasi

Toshkentdagi eng yaxshi biznes mehmonxona - Hilton Tashkent city

Toshkentdagi eng yaxshi mini-mehmonxona - Qo‘noq Railway Hotel

Mintaqadagi eng yaxshi mini mehmonxona - Times Hotel

Toshkentdagi eng yaxshi butik mehmonxona - Oscar Boutique Hotel

Mintaqadagi eng yaxshi butik mehmonxona – «Bagizagan» mehmonxonasi

Eng yaxshi kurort mehmonxonasi - InterContinental Tashkent

Eng yaxshi apart otel - STYLO Residences & Suites

Toshkentdagi eng yaxshi shahar mehmonxonasi - Hotel Inspira-S Tashkent

Mintaqadagi eng yaxshi shahar mehmonxonasi - Hilton Garden Inn Samarkand

Mintaqadagi eng yaxshi MISE mehmonxonasi - Hilton Samarkand Regency

Toshkentdagi eng yaxshi MISE mehmonxonasi - Hyatt Regency Tashkent

Eng yaxshi mehmonxona dizayni - Kohinur Plaza Hotel & SPA

Eng yaxshi oilaviy kurort - PYRAMIDS RESORTS, CHORVAK

Eng yaxshi kurort mehmonxonasi - Zamindor Resort

Eng yaxshi xavfsiz mehmon uyi - Comfortable Home Stay Guest House

Eng yaxshi hostel - Safarov’s Family Hostel

Toshkentdagi mehmonxonada eng yaxshi nonushta - CROWNE PLAZA TOSHKENT

Mintaqadagi mehmonxonada eng yaxshi nonushta - Hilton Samarkand Regency

Mehmonxonadagi eng yaxshi restoran - Mercure Bukhara Old Town Hotel

Mintaqada gastroturizmni rivojlantirish - Sofra restorani

Mehmonxonaga eng yaxshi yetkazib beruvchi - Ostrovok

Kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi - “Ipak Yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti va Xalqaro turizm Akademiyasi

Eng yaxshi F&B menejeri - Farrux Inog‘omov-(Wyndham Garden Zomin)

Eng yaxshi front-ofis menejeri - Sergey Kulish (The Elements Hote)

Eng yaxshi uy xo‘jaligi menejeri - Gulchehra Axmedova (Navruz Hotel Tashkent)

Eng yaxshi savdo menejeri - Valeriya Xanenkova (Kohinur Plaza Hotel&Spa)

Eng yaxshi oshpaz - Sanjar Muhiddinov-(Silk Road Samarkand)

Yashil yechimlarning eng yaxshi rahbari - Silk Road Samarqand Eko qishloq

Eng yaxshi ekoturizm klasteri - AYaZ YuRT

Eng yaxshi bosh menejer:

Akmal Muratkulov-( Zamindor Resort Hotel)

Eris Seiler (InterContinental Tashkent)

Elmurod Sapiyev (HILTON TASHKENT CITY)

Yil kashfiyoti:

Burchmulla Mountain Resorts

ATOUR HOTEL

Azimut Hotel Moderno Tashkent

BADEN-BADEN HOTEL

Tinchlik plaza Hotel

Hilton Garden Inn Termez Airitom

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30101 | Инструменты