Huawei 1
Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatiladi

Hukumat qarori (127-son, 27.02.2025 y.) bilan “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikasiya raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikasiya raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibini belgilaydi.

Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g'ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan g'ildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.

Bunda O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O'zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikasiya raqamini shakllantirishni ta'minlaydi.

VIN kodi uchta bo'limdan iborat:

—️ ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikasiya kodi (WMI kodi);
— tavsiflovchi qismi (VDS);
— ko'rsatuvchi qismi (VIS).

VIN kodi transport vositalarini identifikasiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinasiyasi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30101 | Инструменты