Huawei 1
Meksika kemasi Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigiga urildi

17 may kuni Meksika dengiz kuchlariga tegishli Cuauhtémoc yelkanli kemasi Nyu-Yorkdagi Bruklin ko‘prigiga urildi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kema bortida 270 dan ortiq kishi bo‘lgan. Ko‘prik bilan to‘qnashgan kema ustunining biri sinib, kema palubrasiga qulab tushgan. Shuningdek, boshqa ustunlar ham shikastlangan.

Nashr xabariga ko‘ra, taxminan 10 kishi jiddiy jarohatlar olgan, ularning 3 nafari og‘ir ahvolda va 2 kishi halok bo‘lgan. CNN xabarida 20 kishi jarohatlangani aytilgan.

Nyu-York meri Erik Adams voqeani tasdiqlab, 19 kishi jarohatlanganini, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir ekanini bildirgan. Kema kapitani boshqaruvni yo‘qotgani aytilgan.

Ma’lumot uchun, Cuauhtémoc kemasi 1981 yilda Ispaniyaning Bilbao shahrida qurilgan, dastlab Celaya nomi bilan tanilgan. Meksika dengiz kuchlari bu kemani ofitserlar, kadetlar va dengizchilar uchun o‘quv kemasi sifatida sotib olgan. Kema Nyu-Yorkka Sail4th yelkanli sport musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelgan edi. Bu regata 2026 yilda AQSHning 250 yilligiga bag‘ishlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51821 | Инструменты