Huawei 1
NASA Yer va asteroidning to‘qnashish ehtimolini oshirdi

NASA asteroid (2024 YR4)ning Yer bilan bilan 2032-yilda to‘qnashish ehtimolini oshirdi. Fazoviy agentlikning yangi hisob-kitoblariga ko‘ra, to‘qnashuv ehtmioli 2,6 foizni yoki 38 dan 1 holatni tashkil etmoqda.

NASA 2024-yil dekabrida asteroidning Yer bilan to‘qnashuv ehtimolini mingdan birga teng, deya baholagandi. Ammo fazoviy jism orbitasi haqida ko‘proq ma’lumotlar to‘planishi barobarida uning Yer bilan to‘qnashuvi ehtimoli keskin oshdi.

Taxminlarga ko‘ra, asteroidning diametri 54 metrga teng, to‘qnashuv og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, ehtimoliy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda portlash kuchi trotil ekvivalentida 8 megatonnaga teng bo‘ldi. Ya’ni Ikkinchi jahon urushida Hirosimaga tashlangan atom bombasidan 500 karradan ziyod kuchliroq.

2024 YR4 asteroidi 2024-yilning 27-dekabrida Chilidagi NASA moliyalashtiruvchi ATLAS teleskopi orqali aniqlangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22317 | Инструменты