Huawei 1
NATO bir necha oy ichida Yaqin Sharqdagi byurosini ochadi

NATO Yaqin Sharq davlatlari bilan kommunikatsiyani ta’minlash maqsadida bir necha oy ichida Iordaniya poytaxti Oman shahridagi elchixona bazasida o‘z byurosini ochadi.

"Ushbu elchixona bizga siyosiy axborotlarni to‘plash, insonlar bilan muloqot qilish va vaziyat qanday o‘zgarayotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi", — deydi NATOning Afrika va Yaqin Sharqdagi maxsus vakili Xaver Kolomin.

Uning ta’kidlashicha, Shimoliy Atlantika alyansi Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealarga alohida e’tibor qaratmoqda.

"Ko‘plab joylarda beqarorlik yuzaga kelayotganini ko‘ryapmiz. Tashkilotimiz — juda jiddiy va uning yutug‘i mudofaa hamda xavfsizlik siyosatida. Biz bulardan foydalangan holda xavotirni paydo qilayotganlarga qarshi chora ko‘rishimiz kerak", — deydi diplomat.

Avvalroq NATOning Latviyadagi ko‘p millatli brigadasi Adaji shahrida Kanada va Ispaniya tomonidan moliyalashtirilgan 7 million dollarlik yangi bazasini ochgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bazaga zirhli texnikalar, chodirlar va texnik xizmat ko‘rsatish obektlari joylashtirilgan bo‘lib, u 2026 yilda to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты