Huawei 1
Nensi Pelosi Tayvan rasmiylari bilan uchrashdi. Xitoy Tayvanga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Xabaringgiz bor, kecha AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurgan.

Uning Tayvanga tashrif doirasida hozirgacha sodir bo'lgan eng asosiy xabarlar: 

- Birinchi uchrashuv - mahalliy parlament vitse-spikeri Tsai Tsichan bilan bo'lib o'tdi. Suhbat chog‘ida u AQSh va Tayvan o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kengaytirish istagini bildirdi;

- Ikkinchi uchrashuv - Tayvan ma'muriyati rahbari Tsay Inven bilan bo'lib o'tdi. U Pelosini Vashington va Taypey o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun "Xayrli bulutlar" faxriy ordeni bilan taqdirladi;

 - Pelosining aytishicha, AQSh Tayvan bilan mustahkam do'stligidan faxrlanadi va orolni qo'llab-quvvatlash bo'yicha majburiyatidan voz kechmaydi;

 - Xitoyning Tayvan bilan toʻliq birlashishi muqarrar, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I;

 - Xitoy orol rasmiylarining xatti-harakatlari mintaqani chuqur inqiroz holatiga olib kelishini qayd etdi;

 - Xitoy Tayvanning ikkita fondiga qarshi sanksiyalar joriy etdi, shuningdek, Tayvandan sitrus mevalari va ayrim turdagi baliqlarni olib kirishni to'xtatdi;

- Xitoyning eng yirik litiy-ionli akkumulyator ishlab chiqaruvchisi CATL Shimoliy Amerikada 5 milliard dollarlik zavod qurilishini keyinga qoldirdi. Ushbu zavod batareyalarni Tesla va Ford Motor kompaniyalariga yetkazib berishi ko'zda tutilgan edi;

 - AQSh harbiy kemalari, jumladan, Ronald Reygan samolyot tashuvchisi Janubiy Xitoy dengizida joylashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32110 | Инструменты