Huawei 1
Olmaotada avtobus YTHga uchrashi oqibatida bir nafar yo'lovchi vafot etdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 26-iyun kuni yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida 16 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Politsiyaning aniqlik kiritishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 14:20 da Olmali tumanida sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kia rusumli avtomobil haydovchisi Makatayev ko‘chasidan o‘tayotib 18-raqamli yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada avtobus to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 nafar yo‘lovchi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan, yana bir yo‘lovchi hodisa joyida vafot etgan, — deydi Olmaota shahar politsiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Avtohalokat yuzasidan jinoiy ish ochilgan, tegishli ekspertiza tayinlangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты