Oyda qurilish ishlarini bajaradigan robot namoyish etildi

Moskva viloyatida Oyni tadqiq qilishda foydalanish mumkin bo'lgan yangi “kentavr”-robotning taqdimoti bo'lib o'tdi, deb xabar beradi gazeta.ru.

Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazining robot va boshqa ishlanmalari konferensiya doirasida namoyish etildi.

Kentavr roboti uchta moduldan iborat: manipulyatorli tors, harakatlanish uchun g'ildirakli platforma va uchuvchi dron. Har bir modul o'zining avtonom boshqaruv tizimiga ega.

“Kentavr”-robot kosmonavtlarni qabul qilish uchun oy bazasini tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Robot turli qurilish va muhandislik ishlarini bajaradi. Robotni Yerdan boshqarish uchun VR-shlem va ekzoskeletdan iborat maxsus majmua qo'llaniladi.

“Energiya” raketa-koinot korporatsiyasining boshqariladigan koinot tizimlari va komplekslar bo'yicha bosh konstruktori Vladimir Solovyovning so'zlariga ko'ra, birinchi rossiyalik kosmonavt yaqin o'n yil ichida Oyga qadam qo'yadi. Oy bazasini qurish 2041-yildan 2050-yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты