Oyda suv borligi aniqlandi
Amerikalik olimlar muhim astronomik kashfiyot haqida xabar berdilar.
Ko'p yillar davomida oyning tanasi asosan suvsiz deb hisoblanib kelinardi.
Endi esa, mutaxassislar birinchi marta Oyning Quyosh tomonidan yoritiladigan qismida suv borligini aniqlashdi. Bu haqda NASAning matbuot anjumanida xabar qilindi.
Shu paytga qadar suv mavjudligi haqidagi belgilar faqatgina Yer sun'iy yo'ldoshining qorong’u qismidagina aniqlangan edi.
"Suv ilmiy maqsadlar uchun ham, kelajak tadqiqotlari uchun ham muhim manbaadir. Agar biz Oydagi resurslardan foydalana olsak, yangi ilmiy kashfiyotlar uchun kamroq suv va qo'shimcha jihozlarni olib borishimiz mumkin", dedi NASA kosmik tadqiqotlar va operatsiyalar boshqarmasi Bosh ilmiy xodimi Jeyk Blicher.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11304 | Инструменты