Huawei 1
Pavel Durov Dubayning eng nufuzli shaxsi deb topildi

Milliarder, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Arabian Business nashri talqini bo‘yicha eng nufuzli odamlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Nashr uni “Rossiyalik Mark Sukerberg” deb atagan va uning boyligini 15,1 milliard dollarga baholagan. Tadbirkor 2017-yilda Telegram bosh qarorgohini Moskvadan Dubayga ko‘chirgan, 2021-yil fevralida esa BAA fuqaroligini olgan. 

Ma'lumot o'rnida, 2022-yil dekabr oyida Amerikaning Forbes jurnali Durovni BAAdagi eng boy odam deb e'lon qilgandi. U 2021-yilda ham xuddi shunday reytingda yetakchilik qilgan.

Arabian Business ma'lumotlariga ko'ra, Dubaydagi eng nufuzli 100 kishining ikkinchi o'rnida Emirates aviakompaniyasining prezidenti Tim Klark, uchinchi o'rinda BAAdagi eng yirik quruvchi Emaar kompaniyasi direktori Muhammad Alabbar turibdi. Shuningdek, ro‘yxatga jangchi Konor Makgregor, Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin Shinavatra, Duty Free kompaniyasi bosh direktori Kolm Maklaflin va boshqa olimlar, blogerlar hamda mashhur shaxslar kiritilgan.

Reyting mualliflari taʼkidlaganidek, “bu roʻyxat amirlik elitasining eng ilhomlantiruvchi va nufuzli vakillarini ajratib koʻrsatish uchun tuzilgan”.

Quyida Dubaydagi eng nufuzli 100 kishining nomi keltirilgan:

Sizga qiziq bo'lishi mumkin:

Butun dunyoda eng ko'p maosh oladigan 10 ta davlat prezidentlari e'lon qilindi

Dunyoning eng boy odami o'zgardi, endi Ilon Mask ikkinchi o'rinda

Dunyodagi eng boy odamning o'g'li Christian Dior'ga rahbar bo'ldi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri, Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos boyligining katta qismini hayriya ishlariga sarflamoqchi ekanligini ma’lum qildi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92900 | Инструменты