Huawei 1
Pentagon rahbari Vashingtondagi aviahalokat yuzasidan tergov boshlanganini ma'lum qildi

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Vashington yaqinidagi Reygan nomidagi aeroport hududida yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyotning havodagi to‘qnashuvi bo‘yicha tergov ishlariga darhol kirishilganini ma’lum qildi.

“Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Armiya va Mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan darhol tergov boshladi”, — deb yozdi AQSh mudofaa vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida.

Samolyot bortida jami 64 kishi (60 yo‘lovchi va 4 ekipaj a’zosi) bo‘lgan. Harbiy vertolyotda esa 3 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan.

CBS politsiya ma’lumotlariga tayanib, qutqaruv operatsiyasi davomida Potomak daryosidan kamida 18 kishining jasadi chiqarilganini xabar berdi. Hozircha tirik qolganlar topilmagan. Shu bilan birga, NBC qutqaruvchilar suvdan 4 kishini chiqarib, ularni kasalxonaga yetkazganini bildirgan.

Samolyot va vertolyot 29-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan 30-yanvar 07:00 da) Vashington aeroporti yaqinida to‘qnashgan. PSA Airlines aviakompaniyasiga tegishli Bombardier CRJ700 samolyoti qo‘nish vaqtida havoda harbiy Sikorsky H-60 vertolyoti bilan to‘qnashgan.

Hodisa sababli aeroport faoliyati to‘xtatilgan. NBC’ning FBI (Federal qidiruv byurosi) dagi manbasi mazkur aviakatastrofada terrorchilik ehtimoli istisno qilinganini ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты