Huawei 1
Politico: BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarba yo'llashiga ruxsat berilishi mumkin

Britaniya rasmiylari orasida nomi oshkor etilmagan Politico manbalarining fikricha, Ukraina Qurolli Kuchlarining G‘arb qurollari bilan Rossiyaga chuqur zarba berishi mumkinligi haqidagi qaror yaqin kunlarda kutilmaydi. Biroq nashr suhbatdoshlaridan biri bunday qaror 22-23-sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida qabul qilinishi mumkin, deb hisoblaydi.

Politico suhbatdoshlari, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya hozir bu boradagi muzokaralarning yakuniy bosqichida ekanini aytishdi. Nashr manbalaridan birining aniqlik kiritishicha, G‘arb davlatlari Eron go‘yoki Rossiyaga qisqa masofali ballistik raketalar jo‘natgani haqidagi ma’lumot tufayli qaror qabul qilishga ko‘ndirgan. Bu haqda 10-sentabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bayonot berdi. 

Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga raketa yetkazib berishni rad etadi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish borasidagi munozaralar “hech qanday asosga ega emas”ligini aytdi.

Rasmiy ravishda AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlari Rossiya hududiga hujumlar uchun Ukrainaga yetkazib beriladigan ikki turdagi uzoq masofali raketalardan foydalanishga qarshi. AQSh prezidenti Jo Bayden 13-sentyabr kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer bilan uchrashuvda bu masalani muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taʼkidlashicha, bunday qarorning qabul qilinishi NATO davlatlarining Rossiya-Ukraina mojarosida ishtirok etishini anglatadi, bu esa Rossiya tomonining tegishli qarorlarini qabul qilishga olib keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты