Huawei 1
Politico: Ukraina uchun ma'qullangan dekabrdagi 48 milliard dollarlik harbiy yordam paketidan atigi 6 milliard dollar qolgan

AQSh Kongressi o’tgan yilning dekabr oyida ma’qullagan 48 milliard dollarlik Ukrainaga yordam paketidan taxminan 6 milliard dollari qolgan, deb yozadi Politico.

Kongressmenlarning fikricha, AQSh budjetida Kiyevga yordam berish uchun ajratiladigan pullar iyulgacha tugab qoladi.

Yangi transh bo’yicha kelishuv vaqt talab qilishi sababli, Ukrainaga Amerika qurol-yarog’i, texnikasi va snaryadlarini yetkazib berish to’xtatilishi mumkin, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, hozirda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kiyev uchun har 7-10 kunda bir necha yuz million dollar ajratmoqda.

Eslatib o’tamiz, aprel oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish “Ukrainaning tugashi”ni anglatishini aytgan edi.

Avvalroq Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo’yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh hatto mamlakatda defolt bo'lgan taqdirda ham, moliyaviy yil oxirigacha (30-sentyabrgacha) Kongress tomonidan ajratilgan mablag’lardan foydalangan holda Ukrainaga yordam berish imkoniyatini saqlab qolishini ma'lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61300 | Инструменты