Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 12 mart kuni soat 10:45 larda Chilonzor tumani 2-Qatortol ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida, transport vositasi texnik shikastlangan va haydovchi hamda yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31221 | Инструменты