Huawei 1
Samarqanddan havoga ko‘tarilgan Utair samolyoti favqulodda qayta qo‘ndirildi

12 mart kuni tunda Samarqand-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha UTA810 reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning Utair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 (RA-73091) samolyoti balandlikka ko‘tarilayotganda chap dvigatelida nosozlik (kuchli silkinish) kuzatilgan.

Ekipaj kutish hududini so‘ragan va dvigatelni tekshirishni boshlagan. Ammo ular kuchlanishni oshirishga harakat qilganda, dvigatelda yana bir silkinish paydo bo‘lgan va samolyot komandiri Samarqandga qaytishga qaror qilgan.

Kutish hududida bir necha bor aylana hosil qilib uchgan samolyot ortiqcha qo‘nish og‘irligi bilan xavfsiz qo‘ndirilgan. Parvoz ma’lumotlarini tahlil qilish natijalari chap dvigatelning ishlash parametrlari maqbul chegaralardan oshmaganini ko‘rsatgan.

Ayni paytda mutaxassislar nosozlik sabablarini o‘rganishmoqda.

Rosaviatsiya esa voqea yuzasidan tekshiruv boshladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31220 | Инструменты