Ijtimoiy tarmoqlarda kanalga salkam 10-15 ta eshakni so‘yib tashlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan o‘rganilgan.
Bildirilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani “Sho‘rak” qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan xonadonida kushxona tashkil etib, bir necha eshaklarni so‘yib, go‘shtini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat to‘liq bartaraf etilib, kushxona faoliyatiga chek qo‘yilgan. Noqonuniy faoliyat yuzasidan esa qonuniy chora qo‘rish maqsadida bayonnomalar tuzilib, tegishli idoralar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.
Avvalroq, Nurafshon shahridagi xonadonlardan birida eshak terisi va go‘sht mahsulotlari topilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31221 | Инструменты