Huawei 1
Oʻzbekiston Eron bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalarida hamkorlik qiladi

Joriy yilning 24-oktabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Eronga amaliy tashrifi doirasida Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref va Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Sayid Muhammad Otabak bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar chogʻida tomonlar Oʻzbekiston va Eron Islom Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holatini, jumladan, amaldagi kelishuvlar va qoʻshma loyihalarning hayotga tatbiq etilishini koʻrib chiqdilar hamda hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini birgalikda belgilab oldilar.

O'zaro savdo hajmini oshirish bo'yicha qo'shma qadamlar kelishib olindi. Ikki davlat o‘rtasidagi Imtiyozli savdo bitimi doirasida tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasi asosiy chora-tadbirlar qatorida o'rin oldi.

Ikkala tomon o'zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga sobit qolishlarini bildirdilar hamda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi 16-majlisi va 2025-yilning birinchi choragida uning doirasidagi qoʻshma biznes-forum oʻtkazish muddatlarini belgilab oldilar.

Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalarida Oʻzbekiston-Eron hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha erishilgan kelishuvlar toʻliq qamrab olgan ikki tomonlama bayonot imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты