Huawei 1
Qirg‘iziston Respublikasi korrupsionerlarga umrbod davlat lavozimlarida ishlashni taqiqlashni taklif qildi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshiga korrupsiya jinoyati uchun sudlangan shaxslarning davlat rahbarlik lavozimlarini egallashini umrbod taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Hujjat deputat Jenishbek Toktorboyev tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat va munitsipal organlarda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, korrupsiya bo‘yicha sudlangan fuqarolar sudlanganligi olib tashlangan yoki olib tashlanmaganidan qat’i nazar, prezident, parlament deputati yoki Vazirlar Mahkamasi a’zosi lavozimlarida ishlay olmaydi.

Tashabbuskorning qayd etishicha, ko‘rilgan choralarga qaramay, davlat organlarida korrupsiya darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bir umrlik taqiqning joriy etilishi davlat apparatini vijdonsiz amaldorlardan tozalash va ularning keyingi korrupsion faoliyatining oldini olishga qaratilgan.

Qonun loyihasida “Prezident va Jogorku Kenesh deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi va “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish ham taklif etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Maxsus xizmatlar rahbari Jogorku Kenesh yig‘ilishida birinchi o‘qishda deputatlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etgan edi. Qonun loyihasida korrupsiyada ayblanayotgan shaxsning turmush o‘rtog‘i yoki uning yaqin qarindoshlari og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan yoxud jinoiy ish reabilitatsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa, korrupsiya jinoyatlaridagi aybdor shaxslarga davlat va munitsipal lavozimlarni egallashni majburiy va umrbod taqiqlash nazarda tutilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121219 | Инструменты