Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda“T.Ch.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmogʻiga ulanib, jami 288,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Xoʻjayli va Ellikqalʼa tumanlari boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.-J.” oilaviy korxonasi va “D.S.” MCHJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 210,5 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты