Huawei 1
Qo'shma Shtatlar mamlakatga ota-onasiz kirgan migrant bolalarni deportatsiya qilishni boshlaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakatning Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE)ga minglab migrant bolalarni aniqlash va deportatsiya qilishni buyurdi. Reuters agentligining xabar berishicha, ushbu operatsiya ichki xizmat yozishmalarida ko‘rsatilgan.

Migrant bolalarni aniqlash va deportatsiya qilish jarayoni to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich – operatsiyani rejalashtirish – 27-yanvar kuni amalga oshirilgan. Shuningdek, tashabbus qarovsiz qolgan migrant bolalarning odam savdosiga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan. ICE uchta ustuvor guruhga e’tibor qaratadi: «qochish xavfi», «jamoat xavfsizligi» va «chegara xavfsizligi».

AQSh hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yildan beri 600 mingdan ortiq migrant bola AQSh-Meksika chegarasini kesib o‘tgan. Shu vaqt ichida AQSh immigratsiya sudi statistikasiga ko‘ra, o‘n minglab odamlar deportatsiya qilingan, ularning 31 mingdan ortig‘i sud majlislariga kelmaganligi sababli chiqarib yuborilgan.

O‘tgan prezidentlik muddati davomida Donald Tramp noqonuniy migrantlarga nisbatan keskin fikrlarni ilgari surgan. Masalan, u AQSh va Meksika chegarasida devor qurishni taklif qilgan edi. Endilikda, Oq uy rahbari yana immigratsiya siyosatini qat’iylashtirmoqda. Tramp inauguratsiyasidan keyin bir hafta ichida ICE 2,5 mingdan ortiq noqonuniy migrantni qo‘lga oldi, shundan qariyb 1 ming nafari faqat 26-yanvar kuni hibsga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22417 | Инструменты