Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi qalinni mahrga tenglashtiradigan fatvo chiqardi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Qayd etilishicha, endilikda kelin uchun qalin puli to‘langan bo‘lsa, kuyov mahr berishga majbur emas. Qalin amal qilmaydigan hududlarda esa, mahr miqdori nikoh tuzilayotganda belgilanadi.
Ushbu qaror nikohdan o‘tayotgan yoshlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytirish va urf-odatlarni islomiy me’yorlarga moslashtirish maqsadida qabul qilingan.
Ulamolarga ko‘ra, qozoq an’anasidagi qalin mahrning barcha xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Kuyov tomonidan beriladigan “ona suti” va “ota mehnati” kabi qo‘shimcha to‘lovlar ham majburiy talablar qatoridan chiqariladi. Bu to‘lovlar mahr hisoblanmaydi va endi ixtiyoriy beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111918 | Инструменты