Huawei 1
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi

Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan Ural daryosining Maxambet tumani hududida joylashgan ko‘prik qisman to‘sib qo‘yildi va yuk mashinalari o‘tishi cheklab qo‘yildi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani sabab u noma’lum muddatga yopib qo‘yilgan. Hokimiyatga ko‘ra, kerakli ish hajmini aniqlash uchun ko‘prikni texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi.

“Biz bu nuqsonni kechagina aniqladik va xavfsizlik choralarini ko‘rishni boshladik. Maxambet qishlog‘i va Lojsay qishlog‘i yaqinidagi ko‘prikning o‘rta qismidagi kamarda yoriqlar paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan og‘ir transport vositalariga ushbu ko‘prikdan o‘tishga ruxsat berilmaydi”, deydi Maxambet tumani hokimi Qayrat Nurliboyev.

Yuk mashinalari bu ko‘prikdan nafaqat Turkmanistondan Rossiyaga va Yevropaga, balki boshqa mamlakatlarga ham chiqishda foydalangan.

Ma’lumot uchun, ko‘prikning uzunligi 860, kengligi 13 metr. Qurilish 2014 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan. Loyiha qiymati viloyat va respublika byudjetlaridan ajratilgan 9,4 milliard tengeni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111914 | Инструменты