Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Visxan Matsuyevni respublika hukumati bosh vaziri o‘rinbosari – qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinladi. U bundan buyon viloyatda mulk va yer munosabatlari bilan shug‘ullanuvchi departamentga rahbarlik qiladi.
Matsuyev Qodirovning kuyovi. U qizi Oishat Qodirovaga uylangan. Ikkinchi kuyovi esa Chechenistonda madaniyat vaziri lavozimini egallaydi.
Siyosatga kirishdan oldin Matsuyev Checheniston migratsiya departamentining chet el pasportlarini tashkil qilish bo'limi boshlig'i bo'lib ishlagan. Keyinchalik u Rossiya Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘yicha migratsiya boshqarmasini boshqargan.
Iyun oyida Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov Checheniston rahbarining qizi 20 yoshli Xutmat respublikaning birinchi prezidenti Axmat-Xadji Qodirov nomidagi orden olganini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32107 | Инструменты