Huawei 1
Ramzan Qodirov yana "Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan inson huquqlari himoyachisi" medali bilan taqdirlandi

Chechenistonning Inson huquqlari bo‘yicha komissari Nurdi Nuxajiyev viloyat rahbari Ramzan Qodirovni “Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan inson huquqlari himoyachisi” medali bilan taqdirladi. 

“Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi ulkan xizmatlari, chechen xalqining milliy manfaatlarini ta’minlash, an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik va burchga sodiqlik masalalarida jasorat va halollik uchun taqdirlandi”, — deyiladi hujjatda.

Xuddi shunday medallar bilan respublika rahbarining ota-onasi – Mintaqaviy jamoat fondi prezidenti Aymani Qodirova va Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat-Xajji Qodirov (vafotidan keyin) ham taqdirlangan.

Ma'lumot o'rnida, Ramzan Qodirov 2007-yildan beri Chechenistonni boshqarib keladi. U bir necha bor respublikada va xorijda inson huquqlarini buzganlikda ayblangan.

2021-yil oxirida Checheniston rahbari va uning ota-onasi allaqachon respublikada xizmat ko‘rsatgan huquq faollari deb e’lon qilingan edi. So‘ngra Ombudsman Qodirovlarning “inson huquqlarini ta’minlash, davlatchilikni mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, har bir inson va jamiyat farovonligini oshirish uchun shart-sharoit yaratish, keng ko‘lamli gumanitar yordam ko‘rsatishga qo‘shgan ulkan hissasi”ni qayd etdi

2023-yil fevralida Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasi Qahramoni unvonini oldi, uni oʻzi 2022-yil kuzida taʼsis etdi. Qodirov birinchi bo‘lib yangi unvonga sazovor bo‘ldi.

Umuman olganda, Qodirov bir necha o'nlab davlat va mintaqaviy mukofotlarga ega, jumladan, "Chechenistonda xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya xodimi" va "Chechenistonda xizmat ko'rsatgan quruvchi" faxriy unvonlari respublika rahbariga berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32107 | Инструменты