Huawei 1
Reuters: Yevropa davlatlari Ukrainaga 100 ming nafargacha tinchlikparvar kuchlarni yuborishni muhokama qilmoqda

Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilsa, Ukrainaga qo‘shin yuborishni muhokama qilmoqda. Reuters tahlilchilari va manbalari Yevropa kontingenti sonini 40 mingdan 100 ming kishigacha baholamoqda — ularning asosiy qismini Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha va Buyuk Britaniya harbiylari tashkil etishi mumkin.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa kontingentini Ukrainaga yuborish bo‘yicha muzokaralar hozirda dastlabki bosqichda, ammo davlatlar o‘rtasida allaqachon kelishmovchilik paydo bo‘lgan — hatto ushbu masalani hozir muhokama qilishning qanchalik maqsadga muvofiqligi borasida ham. Yevropalik yetakchilar, agentlikning yozishicha, Vladimir Putinda muzokaralar vaqti kelgani va u jang maydonidagi o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishi mumkinligi haqida taassurot uyg‘otmoqchi emas. Ammo parda ortida ayrim amaldorlar YeI Ukrainaga taqdim etishi mumkin bo‘lgan kafolatlar imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ukrainalik manbalardan birining aytishicha, Yevropaning tutib turuvchi kuchlari 5—8 ta davlat koalitsiyasidan shakllantirilishi mumkin. Ayrim tahlilchilar Yevropa kontingentining soni 40 ming harbiydan iborat bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Xalqaro strategik tadqiqotlar institutida faoliyat yuritadigan harbiy rejalashtirish bo‘yicha sobiq mutaxassis Frans-Shtefan Gadining hisoblashicha, Ukrainaga joylashtiriladigan bo‘linmalarga 100 mingga yaqin harbiy jalb etilishi mumkin. Anonim tarzda ma’lumot bergan Yevropa xavfsizlik ofitseri ham ushbu taxminlarga qo‘shilgan.

Rossiya Tashqi razvedka xizmati ham noyabr oyida 100 ming harbiy haqida gapirgan edi. Razvedkadagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, g‘arb davlatlari tobora urushni «muzlatish» zaruratini yoqlamoqda va u yerga 100 ming nafargacha tinchlikparvar kuchlarni yuborishi kutilmoqda.

Reutersʼning qayd etishicha, Yevropa kuchlarining ishtiroki Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyat xavfini kuchaytiradi. Shuningdek, ular BMT himoyasi ostida bo‘lishi kerakmi degan savol ham yuzaga kelmoqda — amaldorlarning hisoblashicha, bu Rossiyaga juda katta ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121915 | Инструменты