Tayvan janubidagi «Maanshan» AES hududida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Dimsun Daily.
Qayd etilishicha, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borib, alangani suvni sovitish minorasi yaqinida qurshab olishga muvaffaq bo‘lgan.
E’lon qilingan kadrlarda stansiya tepasiga qora tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. «Jarohat olganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, yong‘in nazorat ostiga olingan», — deyiladi xabarda.
Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya radiatsiya foni normal holatda ekani, barcha energobloklar shtat rejimida ishlayotganini ma’lum qildi. AESdagi vaziyat barqaror, aholiga hech qanday tahdid yo‘qligi aytildi.
«Maanshan» AES o‘z faoliyatini 1984 yilda boshlagan bo‘lib, Tayvandagi uchinchi atom stansiyasi hisoblanadi. U ikkita reaktor bilan jihozlangan — ularning har biri yiliga 15 teravvat-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir. Foydalanish davomida stansiyada bir necha bor ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lgan. 1985 yilda turbinaning buzilishi oqibatida yong‘in yuz berib, reaktor to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan va ta’mirlash ishlari qariyb bir yil davom etgan. 2001 yilda energotarmoqning beqarorligi va sovitish tizimlaridagi muammolar sabab avariya yuz bergan. So‘nggi yillarda AESda modernizatsiya ishlari olib borilgan, jumladan, yoqilg‘i sterjenlari o‘zgartirilib, avariyaviy elektr ta’minoti tizimlari takomillashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30621 | Инструменты